Umar Nurmagomedov shifoxonaga tushib qolgan amakisining holati haqida ma’lumot berdi
Dog‘istonlik yakkakurashchi Umar Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi qay holatda ekani haqida ma’lumot berdi.
Avvalroq 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli og‘irlashgani va u Maxachqal’adan Moskva shifoxonasiga olib ketilgani xabar qilingandi.
“Abdulmanap Magomedovich Moskvadagi shifoxonada davolanmoqda. Hozircha uning holati barqaror. Biroq barchasi ortda qolishiga umid qilamiz, duodamiz”, — deydi Umar Nurmagomedov.
Abdulmanap Nurmagomedov jangovar sambo bo‘yicha 18 nafar Jahon chempionini yetishtirgan va bu borada Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.