Главная - Новости - Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 24 kishiga oshib, 895 nafarga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 24 kishiga oshib, 895 nafarga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni bir sutkada 24 kishiga oshdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish shtabiga tayanib.

“7-may holatiga ko‘ra, respublikada koronavirusga chalinish bo‘yicha 24 ta yangi holat qayd etildi, ularning 3 nafari shifokorlar”, — deb ma’lum qilgan shtab vakili.

Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 895 nafarga yetgan bo‘lib, ularning 224 nafari shifokorlardir. Kasallanganlarning 637 nafari sog‘aygan, 12 kishi vafot etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon respublikada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 60 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Respublikada 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Mamlakatning yirik shaharlari aholisiga kechki soat 8 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik, mamlakatlarda ushbu xavfli kasallik tarqalishining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.