Главная - Новости - Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar bir sutka ichida 36 kishiga, Qirg‘izistonda esa 21 kishiga ko‘paydi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar bir sutka ichida 36 kishiga, Qirg‘izistonda esa 21 kishiga ko‘paydi

Qozog‘istonda 29-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 3063 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 774 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha Nur-Sultonda — 7 ta, Olmaotada esa 5 ta yangi holat qayd etilgan. Oqmo‘la, Turkiston va Atirau viloyatlarida uchtadan yangi holat aniqlangan bo‘lib, Jambil, Kostanay, Mang‘istov va Pavlodar viloyatlarida — 2 nafardan. G‘arbiy Qozog‘istonda bir kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi.


Qirg‘izistonda 29-aprel holatiga ko‘ra, yana 21 kishida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 729 kishiga yetgan. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Bishkek — 13;
O‘sh viloyati — 1;
Botkent viloyati — 1;
Norin viloyati — 6 ta holat.
O‘tgan bir sutka ichida 21 bemorga statsionardan javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 437 kishi davolandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.