Fransiyada o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan 25 foizga oshdi
Fransiyada koronavirus tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan 1-martdan 13-aprelgacha bo‘lgan vaqt davomida o‘lim darajasi 2019-yilning shu davriga nisbatan 25 foizga oshdi. Bu haqda Fransiya Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Insee) ma’lum qildi.
Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning ushbu davri mobaynida 93 839 kishi, 2019-yilda 75 100, 2018-yilda esa 83 197 kishi vafot etgan bo‘lib, o‘lim darajasi mos ravishda 25 va 13 foizga oshgan.
Hududlar kesimi bo‘yicha eng yuqori o‘lim darajasi Il-de-Frans (91 foiz), Fransiya shimoli-sharqidagi Grand-Est (61 foiz), shuningdek, sharqiy Burgundiya-Fransh-Konte (24 foiz) va shimoliy O-de-Frans (23 foiz)da qayd etilgan.
Uchta departamentda 1-martdan 13-aprelgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan ikki baravar oshgan: Yuqori Reyn (144 foiz), Sen-Sen-Deni va O-de-Sen (128 foizdan).
Mamlakat Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasining (DGS) ma’lumotlariga ko‘ra, 25-aprel holati bo‘yicha Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 22,2 ming kishidan oshdi.
Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni esa 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi.